Andijon shahar, Aylanma ko`cha 1-uy. 

Tel: +998 95 200 07 70 Fax: +998 74 226 89 76 

 Email : aatx_savdo@mail.ru

Cobalt

83 865 970 so`m

 

 

                         Shahar tsikli 8,4/10 L 100kmga         0-100 km/soat 11,7s 

   106 o.k / 5800 aylanish minutiga           Benzinli

Tashqi ko`rinishi

Yo‘lda ahamiyatsiz narsalar bo‘lmaydi, shuning uchun Chevrolet Cobalt ning tashqi ko‘rinishi har bir detali bo‘yicha puxta o‘ylab chiqilgan. Masalan, yon oynalari orqani ko‘rish uchun keng manzarani ta’minlaydi, ichki qurilgan isitish tizimi esa hatto o‘ta sovuq paytida ham muzni erita oladi. Tumanga qarshi faralar eng yomon ob-havo bo‘lganda ham yo‘lni ko‘rsata oladi. Oldingi va orqa elektr oyna ko‘targichlar tufayli istalgan oynani faqat tugmani bosib turib, bir necha soniya ichida ochish va yopish mumkin. Savlatli tashqi ko‘rinishi bilan birga, nihoyatda keng saloni va hayratlantirarli darajada katta yukxonasi ham bor. O‘ziga xos uslubli 15-dyuymlik yengil aralashmadan yasalgan disklar va orqa bamperdagi xrom qoplangan molding Chevrolet Cobalt mashinasining dizaynini ajoyib to‘ldirib turadi.

Amaliyotga muvofiqlik, barcha kerakli funksiyalar va xususiyatlarning optimal mujassamlanishi tufayli Chevrolet Cobalt oila uchun a’lo avtomobilga, har qanday safarda, istalgan masofalarga yurishda o‘rni bosilmaydigan hamroh va ishonchli yordamchiga aylanadi.

Ichki ko`rinishi

Siz Chevrolet Cobalt ning ichida birinchi bo‘lib yuksak baholaydigan jihat — kengligidir. Chevrolet kompaniyasining firmaviy konsepsiyasida salon — «ikkitalik kokpit» ham haydovchi uchun, ham yo‘lovchilarning har biri uchun qulaylik yaratadi. Chevrolet Cobalt ni yaratayotganda, bizning muhandislarimiz haydovchining o‘rni tashkil etilishiga alohida e’tibor berganlar: asosiy boshqarish paneli doimo qo‘l ostida, ichki ko‘rinishida esa foydali  buyumlar uchun juda ko‘p qulay bo‘limlar va tokchalar ko‘zda tutilgan.

Chevrolet Cobalt oilaviy avtomobilining salonida beshtagacha kishi qulay joylashishi mumkin. Boshqarish paneli haydovchi va yo‘lovchilar uchun maksimal qulay tarzda joylashgan. Bu avtomobilda istalgan oilaviy sayohatning yoqimli va qiziqarli bo‘lishi uchun hamma narsa yaratilgan. Avtomobil orqada o‘tirgan yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha havo naylari bilan jihozlangan, bu esa qish va yoz mavsumidagi eng nomaqbul sharoitlarida shinam iqlim yaratishga imkon beradi. Juda ko‘p foydali moslamalar Siz va yaqinlaringiz uchun xuddi o‘z uyidagidek bemalol joylashish imkonini beradi. Hatto yoritishning intensivligini ham aynan Sizga qulay darajagacha sozlash mumkin.

Texnik xususiyatlari

T

Dvigatel

Slindir miqdori va joylashuvi

4 ta, Qatorda

Ishchi hajm, sm3

1485

Maksimal quvvat, кW/o.k. (ayl/min)

106 (5800) (ayl/min)

Maksimal buruvchi moment, Hm (min)

134(4000) (ayl/min)

Uzatmalar qutisi

Privat turi

Old

Uzatmalar quttisi turi

5 MUQ / 6 AUQ

Ilgak

Old

Makferson tirgagi

Orqa

Торсионная балка

Siquvchi disk tizimi

Old/Orqa siquvchi disk

Diskli/Barabanli

O'lchamlari

Uzunligi, mm

4479

Eni, mm

1735

Balandligi, mm

1514

G'ildirakli baza, mm

2620

Eng kichik aylanib olish radiusi, mm

5000

Ichki hajm

Yukhona ko'tarilgandagi hajm/Orqa o'rindiq yotqizilganda, L

563

Og'irlik

Ruxsat etigan vazn, kg

1097/1168

Maksimal ruxsat etilgan vazn, kg

1590/1620

Dinamika

Maksimal tezlik, km/s

169/170

     

Tezlik 0-100 km/s, sekindiga

11,7/12,6

     

Yoqilg'i sarfi

Shahar ichida, L

8,4/10

     

Shahar tashqarisida, L

6,2/6,7

     

Yoqilg'i turi

АИ - 91

     

Yoqilg'i bak hajmi, L

47

     

Заголовок спойлера